Tabiiy fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish

Tabiiy fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish

Joriy o‘quv yilining 12 dekabr kuni shaharning 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha “Tabiiy fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi shahar seminari tashkil etildi. Seminarga xalq ta’limi bo‘limi mudirining o‘rinbosari Sh.Arziqulov, ta’lim muassasalar faoliyatini tashkil etish shu’basi bosh mutaxassisi K.Tursunnazarova hamda tabiiy fanlar metodisti X.Xushvaqtovalar borib seminarni yaxshi kayfiyat va ko‘tarinki ruhda tashkil etilishini boshlab berishdi. Bundan tashqari ushbu seminarga shaharning barcha ta’lim muassasalarining tabiiy fanlar yo‘nalishi ya’ni kimyo, biologiya, geografiya va fizika fani o‘qituvchilari ham tashrif buyurishdi.

Seminar dastlab respublikamizning davlat madhiyasini tinglash, vatanimizni madh etuvchi she’rlar, qo‘shiqlar, raqslar hamda buyuk allomalarimizni ibratli so‘zlari orqali boshlandi. 

Maktabning foyesida tashkil etilgan innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilgan turli xil ko‘rgazmalar tashkil etilgan. Maktabda iqtisodiy bilim asoslari fanidan O.Jiyanovaning ”Davlatlarning iqtisodiy masalalari” mavzusidagi, fizika fanidan B.Uroqbayevning “Qattiq jismlarning mexanik xossalari” mavzusidagi, biologiya fanidan D.Jalolovaning “Pardaqanotlilar turkumi” mavzusidagi, kimyo fanidan D.Majidovaning “Kislorodning kimyoviy xossalari, biologik ahamiyati” mavzusidagi hamda boshlang‘ich sinfdan G.Ulug‘berdievalarning “Vaqt o‘lchovi birligi” mavzusidagi innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda mahoratli ochiq dars o‘tib berdilar.

скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH