HAYITOVA RA’NO ZOKIROVNA

   Navoiy shahar xalq ta‘limi bo‘limi mudiri

   Telefon: 0 (436) 223-48-70
   Faks:      0 (436) 223-48-70
   Elektron pochta: navoiy_shxtb@xtv.uz

   Qabul kunlari: Har haftaning Seshanba va Juma kunlari
  • Tarjimai hol

  • Xizmat vazifalari va majburiyatlari

  • Murojaat qilish

Tug‘ilgan sana

19.02.1981 yil  

Tug‘ilgan joyi

Samarqand viloyati Paxtachi tumani

Millati

O‘zbek

Ma‘lumoti

Oliy, Navoiy davlat pedagogika instituti

Mutaxassisligi

Tarix, davlat va huquq asoslari

Tizumdagi ish staji

15 yil

Egallab turgan lavozimida

2017 yildan beri

- Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda bo‘limga yuklangan vazifa va kasbiy majburiyatlarni bajarilishi uchun javobgar shaxs bo‘lib, barcha hujjatlarga birinchi imzo chekish xuquqiga ega deb hisoblanadi;
- bo‘lim tasarrufida bo‘lgan bo‘lim, sho‘’ba, ta’lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
- yuqori davlat boshqaruvi organlarining me’yoriy hujjatlari va Xokimiyat qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z vakolati doirasida buyruqlarni chiqaradi, ularda belgilangan vazifalarni bajarilishini ta’minlaydi;
- ishlab chiqilgan nomenklaturaga muvofiq kadrlarni tanlash va joy-joyiga ko‘yishni amalga oshiradi, Bo‘lim nomenklaturasiga kiruvchi ta’lim muassasalarining rahbar kadrlarini yuqori turuvchi xalq ta’limi boshqaruv organlariga kelishish uchun taqdim etadi;
- xalq ta’limi muassasalari pedagogik xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlaydi;
- pedagogik faoliyatning obro‘si va ijtimoiy mavqeini oshirish, yuqorimalakali mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha chora - tadbirlarni amalga oshiradi;
- o‘quvchilar bilimlarining Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim olishi, va ta’lim sifatini oshirish chora-tadbirlarni belgilaydi hamda bajarilishini ta’minlaydi;
- o‘quvchilarning ma’naviy-axlokiy tarbiyasi va ma’rifiy ishlarning samarali shakllarini hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etilishini ta’minlaydi;
- tasarrufidagi ta’lim muassasalarining o‘quvchilar shaxsining umumiy madaniyatini shakllantirish, jamiyat hayotiga moslashuvi, kasbiy ta’lim dasturlarini ongli tanlash va keyingi o‘zlashtirilishi asoslarini yaratish, jamiyat, oila va davlat oldidagi mas’uliyatini xis qiladi gan shaxsni tarbiyalash ishlarini amalga oshiradi;
- ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan sifatli o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
- ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishi sifatini ta’minlaydi;
- ta’lim tizimida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni maqsadli sarflanishiga mas’uldir;
- ta’lim tizimida turli organlar va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga jalb kilish ishlarini amalga oshiradi;
- umumta’lim muassasalari binolari va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini yangilash hamda kapital rekonstruktsiya kilish ishlarini ka’tiy nazorat qiladi;
- umuta’lim maktablarini yuqorimalakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ular mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirishni amalga oshiradi;
- ta’lim muassasalarida sport bazasini mustahkamlash va ommaviy sportni rivojlantirish, o‘quvchilarni jalb kilish ishlarini amalga oshiradi.
- Ta’lim muassasalarida o‘quv ishlab chiqarish majmualari foliyatini tashkil etish va metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi.

   ARZIQULOV SHERZOD YULDOSHMURODOVICh

   Navoiy shahar xalq ta‘limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari

   Telefon: 0 (436) 223-12-76
   Faks:      0 (436) 223-48-70
   Elektron pochta: sh.arziqulov@inbox.uz

   Qabul kunlari: Har haftaning Seshanba va Juma kunlari
  • Tarjimai hol

  • Xizmat vazifalari va majburiyatlari

  • Mudirga murojaat qilish

Tug‘ilgan sana

 13.04.1982

Tug‘ilgan joyi

Samarqand viloyati Paxtachi tumani

Millati

O‘zbek

Ma‘lumoti

Oliy, Navoiy Davlat Pedagogika instituti

Mutaxassisligi

Fizika fani o’qituvchisi

Tizumdagi ish staji

16 yil

Egallab turgan lavozimida

2017 yildan beri

- Ta’lim muassasalarining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, qoidalari va belgilangan davlat ta’lim standartlari hamda talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, Farmon, Farmoyishlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlari, Xalq ta’limi vazirligi va viloyat (shahar) xalq ta’limi boshqarmasi Hay’at qarori, buyruq va topshiriqlarining ijrosini tarkibidagi bo‘linmalar va tasarrufidagi ta’lim muassasalari tomonidan o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishiga shaxsan javob beradi;
- Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 12-son qaroriga muvofiqhujjatlar bilan ishlashni tashkil etilishini ta’minlaydi;
- umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining Davlat ta’lim standartlarini o‘zlashtirish monitoringi va fanlar bo‘yicha o‘quvchilar bilimlaridagi bo‘shliqlarni aniqlash va ularni to‘ldirish choralarini ko‘rish, iqtidorli o‘quvchilarni izlab topish, ularning qobiliyatlarini ruyobga chiqarish, maktablar, ularning rahbarlari, o‘qituvchilar faoliyatiga baho berish va reytingini aniqlashni amalga oshiradi.
- Idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar ta’lim muassasalariga metodik rahbarlikni takomillashtiradi va ularda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etadi, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy metodlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
- ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etadi;
- umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi.
- Pedagogik xodimlar, metodistlar va o‘quvchilar ishtirokida tanlov hamda ommaviy tadbirlar o‘tkazish ishlarini tashkil qiladi;
- maktablarni dasturiy-metodik materiallar bilan ta’minlash, ulardan foydalanish samaradorligini ekspertizadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi;
- ta’lim muassasasi rahbarlari va pedagoglarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni rejalashtirish yuzasidan tashxis qilish, rejalashtirish, metodik va axborot materiallarini ishlab chiqish hamda o‘quv kursi bo‘yicha dastur va o‘quv-mavzu rejasini tuzishni ta’minlaydi;
- pedagogik ma’lumotlar (normativ-xuquqiy, ilmiy-metodik, metodik va x.k.) bankini shakllantiradi;
- tajriba-sinov maydonlari ishiga rahbarlik qiladi, metodik yordam ko‘rsatishni ta’minlaydi;
- har haftada, oyda, yil mobaynida guruh tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakunini tahlil qiladi, kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi;
- pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkil qiladi va ularning malakasini oshirishni rejali amalga oshiradi.

YOPISH