UMUMIY  O`RTA  TA'LIM  MAKTABLARI  BOSHLANG`ICH  TA'LIM  O`QITUVCHILARI  UCHUN METODIK TAVSIYA

UMUMIY O`RTA TA'LIM MAKTABLARI BOSHLANG`ICH TA'LIM O`QITUVCHILARI UCHUN METODIK TAVSIYA

    N.М.Ikramova Navoiy shahar

xalq ta`limi bo`limi boshlang`ich

ta`lim metodisti

Girzayeva, Nushvaqtova

12-АFCHO`IM boshlang`ich

sinf o`qituvchilari  


3-sinf matematika fanidan mantiqiy masalalarni echish bo`yicha o`qituvchilar uchun metodik tavsiya


      Maqsad: Berilgan mantiqiy masalalarni o`qituvchilar bilan birgalikda ishlab chiqib, darslarga har tomonlama puxta tayyorlanish va o`quvchilarga mantiqiy masalalarni sodda va qulay, turli xil usullarda tushintirish, Sodda va murakkab masalalarni yechish orqali o`quvchining nafaqat ta`lim, bilim, balki kuzatuvchanlik, idrok, xotira, ijodiy tasavvur, diqqat, tafakkur kabi qobiliyatlarini rivojlantirish nazarda tutiladi.

        Masalalar ustida ishlash rejasi:

-masalani o`qib chiqish, unda nima haqida gap borayotganini tasavvur qilish;

-masaladagi ma`lum va noma`lumni aniqlab olish, chizma tayyorlash;

-qisqa yozuv bo`yicha masala savolini tuzib olish;

-yechish rejasini tuzib olish.

        Masala yechimini tekshira olish malakasi:

-olingan javob bilan masala sharti o`rtasida moslik o`rnatish;

-teskari masala tuzish va yechish;

-masalani boshqa usullar bilan yechish;

-javobning chegarasini aniqlash;

-grafik tekshirish.

         Matematika fanidan bo`shliq: 3-sinf o`quvchilari mantiqiy masalalarni sodda va qulay, turli xil usullardan foydalanib to`g`ri tushintirish, masalalarning yechimini topishda qiynalgan. 

          Tavsiya: Mazkur aniqlangan bo`shliqlarni bartaraf etishda o`qituvchi quyidagilarga e'tibor berishi talab etiladi:

-      darslarni ko`rgazmali qurollardan foydalangan holda, ya'ni noan'anaviy darslarni 

tashkil etgan holda olib borish;

-      olingan nazariy bilimlarini amaliyotga joriy etgan holda darslarni tashkil etish;

-      zamonaviy interfaol metod va usullardan hamda pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda darslarni tashkil etish;

-      o`quvchilarning o`zlashtirishida uchragan pastliklarning sabablarini o`rgangan holda darslarni qulay tarzda tashkil etish va o`quvchilarni dars jarayoniga jalb qila olishlari zarur hamda uchragan salbiy omillarni o`rganib chiqishlari kerak;

-       Mavzuni tushuntirish jarayonida o`zaro hayotiy misollar bilan bog`lagan holda,tabiiy hodisa, jarayonlarni kuzatishga va shular asosida  o`quvchilarni darsga jalb qilgan holda to`liq tushuntirib berishi lozim. (masalan, o`lchov birliklari mavzusi bo`lsa, kundalik hayotda uchraydigan  mahsulotlar bilan tushuntirish ya'ni amaliyot bilan bog`lash 1 litr sut, 2 kg shakar va h.k.)

-      Mavzudan kelib chiqqan holda mavjud bo`lgan turli o`quv va multifilmlardan, testlardan (testlar ham 2 xil ko`rinishda bo`ladi ochiq test va yopiq testlar) foydalanish, mavzuga oid turli jihozlardan unumli foydalanish;

-      O`quvchilar olgan bilimlarini albatta amaliyot bilan bog`lagan holda va  o`quvchilarni darsga jalb qilib darslarni tashkil etishlari talab qilinadi. 


Bo`lish va ko`paytirishni tekshirish. (26-bet)  6-masala 

Kulol  50 daqiqada 2 ta laganga gul rasmini chizdi. U shunday 7 ta laganga gul chizish uchun necha daqiqa kerak bo`ladi. 

Ye:  1. 50:2=25 (daqiqa) 1 ta laganga 

        2. 25*7=175 (daqiqa) 

J: 7 ta laganga gul chizish uchun 175 daqiqa kerak. 


  1. Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo`lish. (27-bet)  6-masala 

Feruza texnologiya darsida eni 30 cm, bo`yi 20 cm bo`lgan rangli qog`ozdan eni 15 cm, bo`yi 10 cm bo`lgan to`g`ri to`rtburchak qirqib oldi. Rangli qog`ozning qolgan qismi yuzini toping.

Ye:  1) S=a*b30*20=600 cm/kv

        2) S1=a*b     15*10=150 cm/kv 

        3) S-S1=600-150=450 cm/kv 

J:Qolgan qismi 450 cm/kv ga teng 


             3.   Uch va undan ortiq ko`paytuvchilarni ko`paytirish. (29-bet)  5-masala 

Uchburchakning perimetri 26 cm ga teng. Uning tomonlaridan birining uzunligi 10 cm. qolgan ikki tomonining uzunligi o`zaro teng bo`lsa, ushbu tomonlarining har birining uzunligini toping. 

1-usul2-usul (tenglama usulida yechish)

Ye:  1) 26-10=16 (cm)                         10+x+x=26

  2) 16:2=8 (cm) 2*x=26-10

x=16:2

X=8 

J: Har birining uzunligi 8 sm


  1. Qoldiqli bo`lish  (30-bet)  5-masala 

Bo`yi a sm, eni b sm bo`lgan to`g`ri to`rtburchakning yuzi S=36 sm/kv. Uning tomonlari uzunligi nechaga teng bo`lishi mumkin. 


a  sm

1

2

3

4

6

b sm

36

18

12

9

6

S sm/kv

36

36

36

36

36

  1. Qoldiqli bo`lishni tekshirish. (31-bet)  5-masala

7 ga qoldiqsiz bo`linadigan sonlar ichidan 2 ga bo`linganda  1 qoldiq, 3 ga bo`linganda 2 qoldiq, 4 ga bo`linganda 3 qoldiq qoladigan sonni toping. 

Ye:  7 ga qoldiqsiz bo`linadigan sonlarga misollar : 7, 14, 21, 28, 35, 42, 49……. 

       35:2=14 (1 qoldiq) 

       35:3=11 (2 qoldiq)

       35:4=8 (3 qoldiq)


  1. Kesma va nur . (34-bet) 5-masala  

To`g`ri chiziq chizib unga A, B, D nuqtalarni belgilang. Agar AD=10 sm, AB= 5 sm bo`lsa, BD kesma necha sm bo`lishi mumkin. 

Ye: 10-5=5 sm 

J: BD kesma 5 sm ga teng. 


  1. 100 soni ishtirokida ko`paytirish. (36-bet)  6-masala 

Ikkita ustun orasidagi masofa 100 m bo`lsa, 1-ustun bilan 11-ustun orasidagi masofa  necha metr? 

Ye:  1) 11-1=10 

         2) 10*100=1000 m = 1 km 

J: 1-ustun bilan 11-ustun orasidagi masofa  1000 metr


  1. 200*3, 800:4 ko`rinishdagi ifodalar. (37-bet)  6-masala 

Ahmadda 8 ta uch xil rangdagi qalamlar bor. Qizil qalamlar soni yashil qalamlardan 

3 marta ko`p bo`lsa, sariq qalamlar soni qancha 

Ye: Qizil q-3 ta

       Yashil-1 ta

       Sariq-4 ta 


   Shuningdek hozirga kunda matematika fanidan juda ko`p misol va masalalar to`plamlari, qiziqarlimatematika o`quv adabiyotlari nashr etilgan. Ushbu fanga taaluqli qo`shimcha adabiyotlardan foydalanib, darslarni mustahkamlash qismida foydalanib o`tish ham ijobiy samara beradi.


Foydalangan adabiyotlar

1.3-sinf matematika kitobi Sharq nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent 2019 yil 4-nashr. SH. Burxonov, U. Xudoyorov, Q. Norqulova, N. Ro`ziqulova, L. Goibova 

2. Saidaxmadov N, M. Оchilov “Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi”. - Т.: RТМ, 1999 y.

3. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev М.А, “Та`lim va tarbiyada innovasion pedagogik texnologiyala” “Nihol” nashriyoti,  -Т.2013 yil.

скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH