O`zbekiston chempionatida 3-o`rin

O`zbekiston chempionatida 3-o`rin

     O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bolalar-o'smirlar futbol akademiyalar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida Navoiy shahar 3-umumiy o'rta ta'lim maktabida taxsil olayotgan Navoiy viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasining 2002-yilda tug'ilgan o'smirlari faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Shu munosabat Navoiy viloyat hokimligi tomonidan yosh o'smirlarimiz munosib taqdirlandi.

     Tadbirda viloyat hokimi o'rinbosari F.Soliyev, Navoiy viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Sh.Narziyeva, Navoiy viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitsa prezidenti R.Boltayev, Navoiy viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi direktori A.Kenjayev hamda ota-onalar, futbol murabbiylari, ishtirok etishdi. Tadbir davomida Navoiy viloyat hokimi o'rinbosari F.Soliyev maktab hayoti bilan yaqindan tanishib o'quvchilarimizga va maktab jamoasiga omad tiladi.

скачать dle 12.1

O‘xshash yangiliklar

YOPISH